Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“UB Assets Holding” MCHJ XK va “Alkes Research” MCHJ kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

21.07.2026
108

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “UB Assets Holding” MCHJ XK hamda “Alkes Research” MCHJ kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida “UB Assets Holding” MCHJ XK chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarishni, “Alkes Research” MCHJ esa mazkur obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish jarayonida investitsiya vositachisi sifatida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.