Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“Toshkent Investitsiya Majmui” MCHJning qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyati tugatildi

14.08.2026
37

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 44-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) direktorining 2026 yil 7 maydagi 19-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi faoliyatini boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (2026 yil
9 iyun, ro‘yxat raqami 3852) 27-bandiga muvofiq, “Toshkent Investitsiya Majmui” MCHJning qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya maslahatchisi sifatidagi professional faoliyati 2026 yil 14 avgustdan tugatildi.
Tegishli ma’lumotlar Agentlikning rasmiy veb-saytida qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining reyestriga belgilangan tartibda kiritildi.