O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun “O‘zbekistonda sun’iy intellekt sohasi” mavzusida o‘quv seminarlari tashkil etildi. Seminarlarni Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” MCHJning Mijozlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Rustamxo‘ja Alavutdinov hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti direktorning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari Nilufar Azamova olib bordilar.
O‘quv seminarlari dasturidan sun’iy intellektning keng imkoniyatlari va komponetlari, sun’iy intellekt qo‘llaniladigan sohalar, neyron tarmoqlari, “UzInfoCom”ning sun’iy intellektga oid loyihalari kabi mavzular joy oldi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar