Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

23.06.2025
22

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2025 yil 28 maydagi 06-sonli buyrug‘i bilan Sug‘urtalovchilar va qayta sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami - 1806-6,, 2025 yil 23 iyun) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar reyting tashkilotlari klassifikatsiyasi darajalarini muvofiqlashtirilishini nazarda tutgan bo‘lib, bu esa milliy sug‘urta bozorining barqaror rivojlanishi va qayta sug‘urtalovchilarning zimmasidagi  majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.