logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Sug‘urta tashkiloti litsenziyasi bekor qilindi

03.11.2023
2988

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2023 yil 2 noyabrdagi tegishli qaroriga asosan, “Asko-Vostok” AJ ST QK umumiy sug‘urta sohasidagi 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 11, 13, 14, 15, 16 va 17 klasslar bo‘yicha ixtiyoriy shakldagi sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 25 fevraldagi seriyasi SF 00047-sonli litsenziyasi 2023 yil 3 noyabrdan bekor qilindi.

“Asko-Vostok” AJ ST QK ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.