O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2026 yil 6 maydagi tegishli qaroriga asosan, “LEO FINANCE SUG`URTA BROKER” MCHJ sug‘urta brokerining sug‘urta faoliyati amalga oshirish bo‘yicha bo‘yicha berilgan 2022 yil 8 sentabrdagi 038046-sonli litsenziyasi 2026 yil 10 maydan bekor qilindi.
“LEO FINANCE SUG`URTA BROKER” MCHJ o‘zi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomalar, shuningdek, sug‘urtaning (qayta sug‘urtaning) har qanday turi bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarga asosan o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.
Idoraviy mansub tashkilotlar