O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida sport trenerlari ishtirokida yoshlar uchun uyqu gigiyenasi, sog‘lom ovqatlanish va kognitiv rivojlanish masalalariga bag‘ishlangan interaktiv seminar tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar sog‘lom turmush tarzining muhim tarkibiy qismlari hisoblangan sifatli uyqu, to‘g‘ri ovqatlanish hamda aqliy faollikni rivojlantirish usullari haqida mutaxassislardan batafsil ma’lumot oldilar. Shuningdek, yoshlarning kundalik hayotida ushbu omillarning ahamiyati, ularning jismoniy va ruhiy salomatlikka ta’siri yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminar interaktiv shaklda o‘tkazilib, ishtirokchilar turli mashg‘ulotlar va muhokamalar orqali sog‘lom odatlarni shakllantirish, diqqatni jamlash, xotira va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar. Sport trenerlari yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berib, sog‘lom hayot tarzini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Bunday tadbirlar yoshlarning sog‘lom turmush tarzi haqidagi bilimlarini mustahkamlash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda kelgusida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlari uchun zarur ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

