O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligining Sug‘urta bozorini rivojlantirish departamenti hodimlari sug‘urta kompaniyalari vakillari bilan birgalikda Toshkent shahri Sergeli tumanida yuz bergan favqulodda holat natijasida fuqarolarning sug‘urtalangan mulkiga yetkazilgan zararni o‘rganish va yordam ko‘rsatish bo‘yicha joylarda ish olib bormoqdalar.
Agentlik xodimlari tomonidan yong‘in oqibatida fuqarolarning sug‘urtalangan mulki, jumladan turar joy va transport vositalariga zarar yetkazilgan holatlarni o‘rganish, sug‘urta xodisalari bilan bog‘liq hujjatlarni tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar shu hududning o‘zida tashkil etildi.
Oldindan sug‘urtalangan har bir uy-joy, jumladan, aholi xonadonlari, ko‘p qavatli uy-joylarning fasad qismlari, deraza va romlari hamda ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan boshqa bino va inshootlarga hamda avtomobillarga zarar yetgan bo‘lsa, sug‘urta kompaniyalari tomonidan yetkazilgan zarar o‘z vaqtida qoplab berilishi Agentlik xodimlari tomonidan nazoratga olingan.
Idoraviy mansub tashkilotlar