Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun seminar-trening

05.10.2023
2560

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun “Raqamli kriminalistika va kripto-aktivlar bilan ishlash asoslari” mavzusida seminar-trening tashkil etdi.

Seminar-trening dasturidan kriminalistik prognozlash nuqtai nazaridan kripto-aktivlar aylanishini tartibga solishning dolzarb masalalari joy oldi.

Agentlik mutaxassislari kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi asosiy tushunchalar, mayning uskunalari turlari va algoritmlari, kripto-aktivlar aylanmasini huquqiy tartibga solish haqida ma’lumot berdilar. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi jinoyatlarni tergov qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kripto-hamyonlar yaratish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Tinglovchilar, shuningdek, kripto-aktivlarning noqonuniy aylanmasi faktlarini aniqlash usullari, kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish usullari va tergov faoliyati davomida nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumotga ega bo‘ldilar.