O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida savdo-iqtisodiy sohada ko‘p qirrali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Agentlik vakillari tomonidan milliy raqamli valyutani ishlab chiqish va joriy etish hamda elektron tijorat sohasidagi faoliyatni tartibga solish tajribasini o‘rganishga qiziqish bildirdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar belgilangan yo‘nalishlar doirasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va kelgusida amaliy hamkorlik qilish formatini kelishib oldilar.
Idoraviy mansub tashkilotlar