O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan (qayta attestatsiyadan) o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi malaka imtihonlari 2026-yil 4-iyun kuni Toshkent shahri Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi 22-uyda (O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosi) bo‘lib o‘tadi.