Yangiliklar
![foto](https://napp.uz/img/Group 115.png)
“PAYNET CRYPTO” kripto-do‘kon litsenziyasi to‘xtatildi
![](https://napp.uz/img/eye.png)
![](/storage/photos/shares/news/2024/06/CS.jpg)
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomining (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) 39-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “PAYNET CRYPTO” MCHJga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2023 yil 8 avgustdagi CS #0006-sonli litsenziya 2024 yil 12 iyun sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.
“PAYNET CRYPTO” MCHJga litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida kripto-aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirish ta’qiqlanadi.