logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

OTP Bank kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni" ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

16.09.2024
1183

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) Vengriyaning eng yirik banklaridan biri va mintaqaviy kastodian banki bo‘lmish “OTP Bank PLC” (OTP Bank) ni O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori sohasidagi "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

OTP Bank ni o‘z ichiga olgan OTP Group Markaziy va Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi 11 mamlakatda mavjud bo‘lib, 17 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, guruhning bir qismi bo‘lmish OTP Global Markets mahalliy, xalqaro pul va kapital bozorlari sohasida keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi. U xususiy, korporativ va institutsional mijozlarni raqobat sharoitlari, o‘qitilgan xodimlar va innovatsion, universal, shuningdek moslashtirilgan guruh darajasidagi xizmatlar bilan o‘z maqsadlariga erishishda qo‘llab-quvvatlaydi. OTP Group shuningdek, Xorvatiya, Vengriya, Bolgariya, Chernogoriya, Serbiya va Sloveniyani o‘z ichiga olgan oltita Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi yetakchi mintaqaviy kastodian banklar qatoriga kiradi.

Kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini taqdim qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq, OTP Bank maxsus rejim ishtirokchisi hamda “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJ va “O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasi” AJ depozitariylarida xorijiy nominal saqlovchi sifatida qimmatli qog‘ozlar hisobini (depozitariy) ochish va boshqarish huquqiga, shuningdek, qo‘shimcha litsenziyasiz O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida milliy va xorijiy valyutada naqd pul hisob raqamiga ega bo‘lish huquqiga ega. 

Kapital bozori sohasidagi "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimining ishtirokchisi bo‘lish OTP Bank uchun O‘zbekistonning qimmatli qog‘ozlar bozori bilan aloqani o‘rnatish yo‘lidagi muhim bosqichdir. OTP Bank Agentlikdan ushbu ruxsatni olgan ikkinchi xalqaro moliya institutidir. Ushbu yutuq bilan u 2023 yilda O‘zbekistondagi Ipoteka bankining aksariyat ulushini sotib olganidan so‘ng O‘zbekiston bozoriga bo‘lgan sadoqatini yanada mustahkamlaydi.

Agentlik OTP Bank ning “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimida ishtirok etishini O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga yirik hajmdagi investitsiyalarni jalb qilinishida, global va xorijiy kastodianlar va depozitariylar, global investorlar va xorijiy investitsiya vositachilari uchun vositachi bo‘lib xizmat qiladi deb hisoblaydi.

 

OTP Group haqida

OTP Group eng tez rivojlanayotgan, Markaziy va Sharqiy Yevropa mintaqasidagi yetakchi bank guruhlaridan biri bo‘lib, yuqori rentabellik va barqaror kapital va likvidlik pozitsiyasiga ega. Markaziy va Sharqiy Yevropa hamda Markaziy Osiyo hududlarida hozirda 11 mamlakatlarda deyarli 40 000 nafar xodimlar bilan faoliyat yuritayotgan, OTP Group 17 million mijozlarga universal moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa xududidagi bank soxasida eng faol konsolidator sifatida OTP Group 2000 yillarning boshidan beri 25 ta bankni muvaffaqiyatli sotib olib, birlashtirdi. Hozirda bank Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Chernogoriya va Sloveniyada bozor yetakchisi hisoblanadi*. OTP Group bosh qarorgohi Vengriyada joylashgan va ko‘p qirrali va shaffof mulk tuzilmasiga ega. Bank guruhi 1995 yildan beri Budapesht Fond birjasida ro‘yxatga olingan.

* Jami aktivlar bo‘yicha: Vengriya (31/12/2022), Chernogoriya (31/12/2023), jami kreditlar bo‘yicha: Bolgariya (31/12/2023), Serbiya (30/09/2023) va Sloveniya (30/09/2023)