Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik rahbariyatining Toshkentdagi Singapur menedjmentni rivojlantirish instituti talabalari bilan uchrashuvi tashkil etildi

01.11.2022
2003

2022 yil 1 noyabr kuni Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida “Agentlik rahbariyati hamda talabalar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish masalalari” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish borasida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish maqsadida tashkil etildi.

Jumladan, Agentlik rahbariyati tomonidan respublikada mazkur sohani tartibga soluvchi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, mamlakatimizga investitsiyalarni jalb etishning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv davomida Agentlik xodimlari tomonidan institut talabalari uchun taqdimot o‘tkazildi.

Talabalarni qiziqtirgan asosiy savollar O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida mayning faoliyatini tashkil etish, bu sohada xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar, yaqin davrda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy elektron platformalarga kirishning bloklanishi, o‘zgartirilmaydigan tokenlarni (NFT) yaratish va keyinchalik ularni kripto-aktivlar aylanmasiga chiqarish usullari yo‘nalishida bo‘ldi.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar va ular tomonidan kelgusida ham bunday uchrashuvlarni tashkil etishni taklifi bildirildi.