Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Openinfo.uz portali ma’lumotlaridan foydalanish uchun API ishga tushirildi

16.10.2023
3107

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari va tadbirkorlar diqqatiga "Fond bozorining axborot-resurs markazi" DUK tomonidan Openinfo.uz korporativ axborot yagona portali ma’lumotlaridan foydalanish uchun API ishga tushirilganligini e’lon qiladi.

Endilikda emitentlarning “choraklik” va “yillik” moliyaviy hisobotlarini veb-saytlar, mobil ilovalar, kompyuter dasturlari va boshqa turli platformalar orqali olish imkoniyati yaratildi. Ushbu API yordamida turli xil diagramma va analitik ma’lumotlarni yaratish mumkin bo‘ladi.

API havolasi: https://test.openinfo.uz/api/v1/reports/