logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“OMAD SUG‘URTA” AJ litsenziyasi bekor qilindi

01.11.2024
1327

O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunning 33-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi yagona nizom”ning 49-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2024 yil 1 noyabrdagi tegishli qaroriga asosan, “OMAD SUG‘URTA” AJ umumiy sug‘urta sohasining 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17 klasslari bo‘yicha ixtiyoriy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 22 iyuldagi 033072-sonli litsenziyasi 2024 yil 2 noyabrdan bekor qilindi.

“OMAD SUG‘URTA” AJ ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart.