logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VI xalqaro konferensiya

12.09.2024
1214

Toshkentda Cbonds congress va Investitsiya institutlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan hamda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) ko‘magida tashkil etilgan “O‘zbekiston Respublikasi kapital bozori” VI xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bozorining o‘sishini, mamlakat ichida raqobat muhitini yaratishni, mintaqaning xalqaro hamkorlik uchun jozibadorligini oshirishni va tizimli ahamiyatga ega yirik korxonalarning IPO ga kirib kelishini nazarda tutuvchi kapital bozorini rivojlantirish strategiyasi qabul qilingan.

Respublika kapital bozorlari faoliyatiga bag‘ishlangan oltinchi xalqaro anjumanda tartibga soluvchi organlar, mahalliy banklar, investitsiya kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari, infratuzilma kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

“Albatta, milliy kapital bozorini zarur talablar va zamonaviy tendensiyalarga javob beradigan yangi formatga aylantirish, jahon kapital bozoriga integratsiyalashuv bo‘yicha hali ko‘p vazifalar oldimizda turibdi.

“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi orqali xorijiy professional ishtirokchilarning milliy fond bozoriga kirishini osonlashtirish choralari ko‘rilmoqda. Bugungi kunga kelib, Bank of Georgia (Gruziya) va OTR Bank (Vengriya) maxsus huquqiy rejim ishtirokchilariga aylandi.

Yashil obligatsiyalar chiqarish tizimi ham joriy etildi va ularning birinchi chiqariluvi allaqachon Ipoteka kreditini qayta moliyalash kompaniyasi tomonidan ro‘yxatga olingan”, — dedi Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak o‘zining kirish so‘zida.

Agentlik xodimlari, shuningdek, muqobil investitsiya vositalari va islom moliyasini rivojlantirishga bag‘ishlangan sessiyada ma’ruza bilan chiqishdi.