O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Agentlikning asosiy vazifalari - investorlarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini nazarda tutuvchi milliy qonunchilikni takomillashtirish orqali O‘zbekiston Respublikasi hududida kripto-aktivlar aylanmasi sohasini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyasi va umuman kripto-aktivlar aylanmasi sohasida innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda rivojlantirish, ushbu sohaga investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirishdan iborat.
Idoraviy mansub tashkilotlar