Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

MHXS bo‘yicha mavjud uslubiy materiallar to‘g‘risida AXBOROT XABARI

14.01.2026
63

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qonunchilik talablariga muvofiq moliyaviy hisobotni e’lon qiluvchi emitentlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilariga Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga (MXHS) bag‘ishlangan ixtisoslashtirilgan bo‘lim faoliyat yuritayotgani haqida ma’lum qiladi (https://www.imv.uz/static/uslubiy-qollanmalar).

Ushbu bo‘limda doimiy ravishda dolzarb uslubiy qo‘llanmalar, tushuntirish materiallari va rasmiy hujjatlar joylashtirib boriladi, jumladan:

MHXS asosida foyda solig‘ini hisoblash bo‘yicha tadbirkorlik subyektlari uchun uslubiy qo‘llanma;

moliyaviy hisobotning milliy standartlari asosida hisobot tuzish hamda soliq organlariga taqdim etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma;

buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi Metodologik kengash bayonnomalari;

barcha soha va tarmoqlar uchun MHXSga asosan moliyaviy hisobotlarni tuzish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar.

Mazkur ixtisoslashtirilgan bo‘lim Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot sohasidagi qonun hujjatlari talablarining to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash, shuningdek, uslubiy yordam ko‘rsatish maqsadida yaratilgan.  Agentlik taqdim etiladigan ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borishni, shuningdek, ulardagi tavsiya va tushuntirishlarni o‘z amaliy faoliyatda inobatga olib borishni tavsiya qiladi.