logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Mastering The Blockchain” onlayn kursiga ro'yxatdan o'tish e'lon qilinadi

11.10.2024
358

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Tether kompaniyasi tomonidan hamda Gruziya biznes va texnologiya universiteti ko‘magida tashkil etilgan “Mastering The Blockchain” bir oylik onlayn kursiga ro‘yxatdan o‘tish boshlangani e’lon qilinadi.

Ta’lim kursi bitkoinlar, steyblkoinlar, sun’iy intellekt, Peer-to-Peer texnologiyalari, blokcheyn texnologiyasi asoslari, uning moliyaga ta’siri va markazlashmagan moliya (DeFi) haqida bilim olish imkoniyatini beradi. Kurs shuningdek, blokcheyn tahlili, kiberxavfsizlik, huquqiy jihatlar va amaliy tadqiqotlarni o‘z ichiga oladi.

Kurs ma’ruzachilari xalqaro ekspertlar, jumladan Tether bosh direktori Paolo Ardoino, bitkoinlar bo‘yicha maslahatchi va o‘qituvchi Giakomo Zukko, Tetherning tartibga solish va litsenziyalash bo‘yicha vitse-prezidenti Giles Dixon, Georgia Bankning kripto-valyuta bo‘yicha bosh mutaxassisi Georgiy Gvazava, Chainalysis. Inc. ning trening bo‘yicha katta mutaxassisi Zulfi Moledina va boshqalar.

Kurs blokcheyn sohasidagi tajriba va bilimlardan qat’i nazar, har qanday darajadagi bilimga ega bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Buning uchun texnologiya haqida umumiy tushuncha, asosiy kompyuter ko‘nikmalarini bilish va raqamli platformalardan foydalanish qobiliyati talab qilinadi. Kurs materialini to‘liq o‘zlashtirish uchun ingliz tilini yaxshi bilish zarur.

“Mastering The Blockchain” kursi doirasida talaba guruhlari innovatsion P2P ilovalari g‘oyalarini ishlab chiqish uchun hamkorlik qiladilar va tanlovda raqobatlashadilar. G‘oliblar blokcheyn ekspertlari va soha yetakchilari guruhi tomonidan aniqlanadi. Birinchi o‘rin uchun mukofot 2500 USDT, 2-o‘rin uchun – 1500 USDT, 3-o‘rin uchun – 1000 USDT.

Dastur sanalari: 2024-yil 29-oktabr - 26-noyabr.

Ariza topshirishning so'nggi muddati: 2024-yil 20-oktabr.

“Mastering The Blockchain” o‘quv kursi haqida batafsil ma’lumotni https://masteringblockchain.ge/ veb-saytida topish mumkin.

Kursda qatnashishni istaganlar uchun onlayn uchrashuv 16-oktabr kuni soat 19:30 da bo‘lib o‘tadi.

Onlayn uchrashuvga ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://shorturl.at/zCJIK 

Ta’lim kursi Toshkent shahridagi Inha universiteti, Raqamli sanoat akademiyasi va Qozog‘iston Xalqaro axborot texnologiyalari universiteti ko‘magida tashkil etilgan.