Yangiliklar

Kriptoaktivlar sohasidagi yangiliklar
04.03.2025
Kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi
12.12.2022

1813

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) muvofiq kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun “COINPAY” MCHJga litsenziya berildi.
Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.