Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi yuzasidan tushuntirishlar qabul qilindi

21.12.2022
2790

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan kripto-aktivlar operatsiyalarining buxgalteriya hisobi to‘g‘risida axborot xabari (2022 yil 14 dekabrdagi 06/17-01-32/278-son va 2022-42-son) qabul qilindi.

Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonun va buxgalteriya hisobining milliy standartlarining talabalaridan kelib chiqqan holda kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni, shu jumladan, mayning, kripto-aktivlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalarni hisobga olish tartibini tushuntirilmoqda.

Mazkur tushuntirishlarni qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasini rivojlantirish va tartibga solishidagi yana bir izchil qadam bo‘lib, xalqaro standartlarni inobatga olgan holda kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni buxgalteriya hisobiga to‘g‘ri aks ettirilishini ta’minlashga qaratilgan.

Axborot xabar matni bilan qo‘yidagi havola orqali tanishish mumkin.