Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasida faoliyatini amalga oshirish uchun “TGHAMYON” MCHJga litsenziya berildi

21.07.2025
261

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) muvofiq “TGHAMYON” MCHJga kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.

Ta’kidlash joizki, Telegram messenjerida “Wallet” servisini taqdim etuvchi “Wallet Global Ventures Limited” kompaniyasi “TGHAMYON” MCHJning yagona ta’sischisi hisoblanadi.

Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.