Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘quv seminari o‘tkazildi.

14.10.2022
2064

     2022 yilning 14 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari uchun “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan faoliyat, korrupsiya uchun javobgarlik, “E-Anticor.uz” elektron platformasi” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

     Mazkur o‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas’ul xodimi N.Samandarova mavzu doirasida ma’ruza qilib, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy savodxonligini oshirish, ushbu sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyati, respublikaning barcha davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash uchun yaratilgan “E-Anticor.uz” elektron platformasi haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.

     O‘quv seminar davomida ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan hamda ish faoliyatida yuzaga kelayotgan holatlar yuzasidan nazariy va amaliy savollarga javoblar oldi va o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirib, amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.