O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan islohotlar va istiqboldagi masalalar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzani O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti sho‘ba mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Ismailov Bahodir Islomovich o‘qidi.
Seminar ishtirokchilariga O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida ma’lumot berildi. Ma’ruzachi hukumat tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar: korrupsiyaga qarshi kurash sohasida qonunchilikni takomillashtirish, ixtisoslashtirilgan tuzilmalarni yaratish, xalqaro standartlar va raqamli texnologiyalarni joriy etish haqida gapirdi.
Professor B.I. Ismailov korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi xalqaro reytinglarda ijobiy o‘zgarishlar va kelajak istiqbollari, jumladan, sud-huquq tizimini mustahkamlash, korrupsiyaning oldini olish, davlat organlarining ochiqligi va mas’uliyatini ta’minlashda fuqarolik jamiyatining rolini oshirishga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Idoraviy mansub tashkilotlar