Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

“KAPITAL – DEPOZIT” MCHJ kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

17.06.2026
92

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “KAPITAL – DEPOZIT” MCHJni kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Tartibga solish qumdoni doirasida “KAPITAL – DEPOZIT” MCHJ xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha investitsiya vositachisi va anderrayteri sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.