Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Kapital bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan konferensiya

26.09.2023
2524

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kapital bozorini rivojlantirishga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, “Toshkent” respublika fond birjasi, Markaziy bank vakillari hamda universitet professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar.

Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad kapital bozorini yanada rivojlantirish va unga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishni rag‘batlatirish, mamlakat iqtisodiyotida moliyaviy instrumentlarni ko‘paytirish, shuningdek, kelajakda kapital bozori aylanmasini bir necha barobarga oshirishdan iborat.