Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
ruxsat berish tartib-qoidalarini tartibga solish, litsenziyalash, amalga oshirish uchun mas`ul bo`lgan davlat muassasasi kripto aktivlari aylanmasi, kapital bozori, sug`urta, elektron tijorat, lotereyalarni tashkil etish va bukmekerlik faoliyati.

Biz nima qilamiz arrow-right

Yangiliklar

“JAPAN DXT” kripto-depozitariy litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

17.09.2024
2341

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 2022 yil 14 iyuldagi 32-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomining (ro‘yxat raqami 3380, 2022 yil 15 avgust) 39-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “JAPAN DXT” MCHJ QKga kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha 2024 yil 30 avgustda berilgan CD #0003-son litsenziya 2024 yil 16 sentabr sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“JAPAN DXT” MCHJ QKga litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida kripto-aktivlar bilan operatsiyalar amalga oshirish ta’qiqlanadi.