Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) va SavvY Advisory o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi

29.09.2025
137

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) va SavvY Advisory (Buyuk Britaniya) xalqaro konsalting kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Hujjat tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik va o‘zaro yordamni rivojlantirishga qaratilgan. Memorandum quyidagi sohalarda hamkorlikni nazarda tutadi:

- mahalliy korxonalarning moliyaviy savodxonlik xalqaro standartlari (MSXS)ga o‘tishi, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun moslashtirilgan soddalashtirilgan standartlarni ishlab chiqish bo‘yicha o‘rganish va xulosalar tayyorlashda ko‘maklashish;

- jahon amaliyotini hisobga olgan holda buxgalteriya hisobi qonunchiligini ishlab chiqish va ushbu sohada milliy tartibga solishning eng maqbul yechimlarini aniqlash bo‘yicha maslahat muhokamalarida ishtirok etish;

- MSXS standartlariga muvofiq Yagona korporativ axborot portalida (openinfo.uz) emitent hisobotini integratsiyalash yechimlarini izlash;

- 17 MSXS ga o‘tishga sug‘urta kompaniyalarini tayyorlash va qo‘llab-quvvatlash.

SavvY Advisory 10 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan xalqaro konsalting kompaniyasi bo‘lib, tartibga soluvchi organlarga MSXS islohotlari bo‘yicha maslahat berib keladi. Kompaniya o‘nlab tashkilotlarni milliy standartlardan xalqaro standartlarga o‘tishda qo‘llab-quvvatladi va bir qator mamlakatlarda, jumladan Gruziyada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishda yordam berdi.