O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari 1-2 oktabr kunlari Singapurda bo‘lib o‘tgan dunyoning yetakchi kripto-tadbiri bo‘lmish TOKEN2049 konferensiyasida ishtirok etdilar.
Tadbir raqamli aktivlar sanoatining so‘nggi tendensiyalari va kelajagini muhokama qilish uchun asosiy xalqaro platforma hisoblanadi.
TOKEN2049 har yili yetakchi global ekspertlar, tadbirkorlar, investorlar, dasturchilar, Web3 va blokcheyn texnologiyalari bo‘yicha tartibga soluvchi organ vakillarini birlashtiradi.
Bu yil tadbir 150 dan ortiq mamlakatdan 20 000 dan ortiq ishtirokchilarni jalb qildi, bu esa uning global ahamiyatidan dalolat beradi.
Konferensiya dasturi markazlashmagan moliyani (DeFi) rivojlantirish, kripto-aktivlar uchun meyoriy-huquqiy baza, turli iqtisodiyot tarmoqlarida taqsimlangan kitoblar texnologiyasini (blokcheyn) joriy etish, shuningdek, eng so‘nggi protokollar va texnologik innovatsiyalar kabi keng ko‘lamli dolzarb mavzularni o‘z ichiga oladi.
Agentlik xodimlari uchun O‘zbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha davlat regulyatori vakillari sifatida bunday tadbirda ishtirok etish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
- kripto-aktivlar bozori, web3 va sun’iy intellektni tartibga solish va nazorat qilish bo‘yicha yetakchi xalqaro tajribalarni o‘rganish;
- bozorning asosiy ishtirokchilari va boshqa yurisdiksiyalardagi regulyatorlar vakillari bilan fikr almashish;
- institutsional bozor ishtirokchilarini jalb qilish va ular bilan munosabatlarni o‘rnatish;
- sohadagi eng yangi texnologik yutuqlar va innovatsion loyihalar bilan tanishish;
- xalqaro maydonda O‘zbekistonning imijini targ‘ib qilish va investitsion va texnologik salohiyatini taqdim etish va h.k.
TOKEN2049 da ishtirok etish Agentlikka jahon tendensiyalaridan xabardor bo‘lish va O‘zbekiston Respublikasida kripto-aktivlar bozorini rivojlantirish va tartibga solish, uning xavfsizligi, shaffofligi va global kripto ekotizimiga integratsiyalashuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xalqaro tajribalarni qo‘llash imkonini beradi.
Idoraviy mansub tashkilotlar