Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 885-son qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 30 noyabrdagi «Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari hukuqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan hukuqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida»gi PQ-381-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi urinlarda – Agentlik) elektron tijoratni tartibga solish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ etib belgilangan.
Shu bois, elektron tijorat sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, ushbu sohada qulay shart-sharoitlarni yaratish, sohani rivojlantirish, jumladan, zamonaviy logistika infratuzilmasiga ega milliy elektron tijorat makonini shakllantirish, bozor ishtirokchilarining huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida joriy yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 885-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan, jumladan, sohani tartibga solish, ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar va faoliyati asosida tasniflash hamda ushbu sohada to‘liq statistik ma’lumotlarni to‘plash maqsadida milliy qonunchilikka mazkur sohada yangi tushuncha va atamalar kiritilmoqda.
Shuningdek, qaror bilan:
– elektron tijorat operatorlari (elektron savdo platformasi, buyurtmalar agregatori va raqamli striming xizmati operatorlari) sifatida faqat yuridik shaxslar – O‘zbekistan Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi;
– elektron shartnoma yoki bitimlar orqali hech qanday majburiyatlar olmaydigan, foydalanuvchilarga uzining axborot resursi yoki platformasi orqali tovar (ish, xizmat) hamda raqamli mahsulotlar haqida ma’lumot yoki axborot berish bilan cheklanadigan yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor elektron tijorat operatori hisoblanmasligi belgilangan.
Shu bilan birga, 2025 yil 1 iyuldan boshlab:
– elektron tijorat operatorlari faoliyatini amalga oshirish uchun xabardor qilish tartibi joriy qilinmoqda, shuningdek, mazkur yo‘nalishda tegishli talab va shartlar kiritilib, elektron tijorat subyektlari reyestrini yuritish tartibi;
– elektron tijorat operatorlari, elektron tijoratda sotuvchi bo‘lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar, shuningdek, elektron tijoratda sotuvchi yoki buyurtma asosida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi yoxud yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatini amalga oshiruvchi o‘zini uzi band qilgan shaxslar (keyingi urinlarda – o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar) elektron tijorat doirasida hisob-kitoblarni faqat alohida bank hisobvaraqlaridan foydalangan holda amalga oshirishlari;
– o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning elektron tijorat doirasidagi faoliyati natijasida pul mablag‘lari tarzida olingan daromadlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning bank kartasi biriktirilgan alohida bank hisobvarag‘ida hisobga olinishi;
– o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning alohida bank hisobvarag‘iga tushadigan mablag‘lar summasi tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotishdan olingan daromadlarni aniqlashda o‘zini o‘zi band qilgan shaxsni aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchi sifatida tan olish uchun foydalanilishi lozimligi keltirilgan.
Shuni ta’kidlash joizki, ushbu qaror, bilan Agentlik tomonidan xalqaro tajribani o‘rgangan holda hamda mahalliy bozorni tahlili qilish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, quyidagilar belgilanmoqda:
a) buyurtma asosida tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchi yoki yulovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatini amalga oshiruvchi o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga, istisno tariqasida:
– tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchisi yoki elektron tijorat subyektining hisobvarag‘iga mablag‘larni keyinchalik inkassatsiya uchun hisobdan chiqarish uchun o‘zini o‘zi band qilgan shaxsning alohida bank hisobvarag‘iga mablag‘larni oldindan joylashtirishga;
– yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun to‘lov sifatida naqd pul qabul qilishga, bunda alohida bank hisobvarag‘idan tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchisiga o‘tkazilgan mablag‘larga teng mikdorda nakd pulni inkassatsiya qilmasdan o‘z ixtiyorida qoldirishga ruxsat berish;
b) elektron savdo platformalari orqali tovarlarni eksport qilishda yuridik shaxslarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga elektron savdo platformalari, xususan, xorijiy elektron savdo platformalari orqali sotilgan tovarlarni kuryerlik va pochta jo‘natmalari orqali xorijiy davlatlardagi o‘z xaridorlariga, shu jumladan, tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida shartnomalarni ruyxatdan utkazmasdan yuborishga ruxsat berilishi belgilangan.
Bunda elektron savdo platformalari O‘zbekiston Respublikasi Soliq, qo‘mitasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda integratsiya qilinishi lozim.
Bundan tashqari, qaror bilan amaldagi qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, mazkur sohani to‘liq yoki qisman tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishi yuzasidan topshiriqlar begilangan.