logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“DD GENERAL INSURANCE” AJ ST litsenziyasi amal qilishi to‘xtatildi

27.05.2024
1993

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni 47-moddasi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuni 32-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 21 fevraldagi 80-sonli qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Yagona nizomning 41-bandi hamda O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligining tegishli qaroriga asosan “DD GENERAL INSURANCE” AJ STga sug‘urta faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha berilgan 2022 yil 25 fevraldagi SF-seriyali 00034-sonli litsenziya 2024 yil 27 may sanasidan boshlab 10 kun muddatga to‘xtatildi.

“DD GENERAL INSURANCE” AJ ST litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish muddati davrida yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzish, amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirish ta’qiqlanadi.

“DD GENERAL INSURANCE” AJ ST ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shart.