logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Davlat tili kuniga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

20.10.2023
811

Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to‘ldi. Davlat tilining huquqiy asoslarini belgilovchi “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun 1989 yil 21 oktabrda qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 aprelda qabul qilingan “O‘zbek tili bayramini nishonlash to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘RQ-615-son) 1-moddasiga asosan 21 oktabr O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi. O‘zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog‘i, gerbi va madhiyasi bilan bir qatorda qonun bilan qo‘riqlanadigan davlat ramzidir.

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligida barcha tarkibiy bo‘linmalar xodimlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘zbek tilining kelib chiqish tarixi va rivojlanish bosqichlari hamda uning xususiyatlari, ayrim qo‘llanish qoidalariga oid mavzular muhokama qilindi.

O‘zbek tilining nufuzini oshirish bo‘yicha Agentlik tomonidan qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlashga oid ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Agentlkda hujjatlar o‘zbek tilida yuritiladi, xodimlar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda ta’lim oladilar.

Kelgusida Agentlik rahbarligidagi sohalarda o‘zbek tilini rivojlantirish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.