logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

“Bank of Georgia“ AJ kapital bozori sohasida Tartibga solish qumdoni doirasida davlat obligatsiyalarini sotib olish bo‘yicha birinchi operatsiyani amalga oshirdi

14.06.2024
1230

Joriy yil 13 inyun kuni O‘zbekiston Respublikasida kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining birinchi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Gruziya banki” AJ (JSC Bank of Georgia) “O‘zbekiston respublikasi valyuta birjasi” AJ savdo maydonchasi orqali O‘zbekiston Respublikasi davlat obligatsiyalarini sotib olish bo‘yicha  birinchi bitimni amalga oshirdi. Bu bilan, “Bank of Georgia” O‘zbekistonda birinchi bo‘lib qimmatli qog‘ozlar savdolarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ishtirok etgan birja a’zosi bo‘ldi.

Ushbu tarixiy voqea O‘zbekistonga yirik xalqaro moliya institutlari va portfel investorlarini, jumladan yirik kastodian banklar va investitsiya vositachilarini jalb qilishga yordam berishi mumkin.

“Bank of Georgia”, shuningdek yirik global kastodian banklarning Gruziya va Armaniston kapital bozoridagi sub-kastodian banki hamda shtab-kvartirasi Lyuksemburgda joylashgan xalqaro qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi (ICSD) bo‘lmish Clearstreamning  sub-kastodian banki hisoblanadi. 

Shu bilan birga, “Bank of Georgia” London fond birjasida listingga kiritilgan (tiker: BGEO), joriy bozor kapitalizatsiyasi 2 mlrd. funt sterlingdan yuqori bo‘lgan va FTSE 250 Index a’zosi hisoblangan “Bank of Georgia Group PLC»” ning sho‘ba kompaniyasi sanaladi.

“Bank of Georgia Group PLC” kompaniyasining asosiy aksiyadorlarini Georgia Capital JSC, M&G Investment Management Ltd., BlackRock, JPMorgan Asset Management (UK) Ltd., The Vanguard Group, Inc. Schroder Investment Management Ltd i drugiye kabi yirik xalqaro va global investitsiya fondlari va investitsiya kompaniyalari tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, “Bank of Georgia” Bank of Georgia 2024 yil 26 fevralda O‘zbekiston Respublikasida kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimining birinchi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.