O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “AVESTA INVESTMENT GROUP” MCHJni kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Tartibga solish qumdoni doirasida “AVESTA INVESTMENT GROUP” MCHJ xorijiy valyutada ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish va joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha investitsiya vositachisi sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.