O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan “Auerbach Grayson & Company” LLC (AQSH) kompaniyasi kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
"Auerbach Grayson & Company" kapital bozori sohasida "Tartibga solish qumdoni" maxsus huquqiy rejimining beshinchi ishtirokchisiga aylandi.
Ma’lumot uchun:
Auerbach Grayson & Company - AQSH Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasida (SEC) ro‘yxatga olingan brokerlik va dilerlik kompaniyasi (SEC № 8-45136), Moliyaviy xizmatlar sohasini tartibga solish xizmati (FINRA) a’zosi, shuningdek, 13 shtat va hududda ro‘yxatga olingan. Kompaniya agentlik asosida ishlaydi va 125 mamlakatdagi hamkorlar tarmog‘i orqali AQSH institutsional investorlari uchun aksiyalar, obligatsiyalar va derivativlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydi.
O‘zbekistonda kompaniya O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorida amerikalik institutsional investorlar manfaatlarini ifodalash, shuningdek, o‘zbek emitentlarining IPOga tayyorgarlik ko‘rish doirasida mahalliy va xalqaro maydonlar o‘rtasida qimmatli qog‘ozlarning o‘zaro aylanishiga ko‘maklashish niyatida.
Idoraviy mansub tashkilotlar