Yangiliklar

Kriptoaktivlar sohasidagi yangiliklar
“ASTERIUM” MCHJga kripto-depozitariya faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi
19.03.2025

82
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomiga (ro‘yxat raqami 3380, 2022-yil 15-avgust) muvofiq “ASTERIUM” MCHJga kripto-depozitariy faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berildi.
Tegishli ma’lumotlar litsenziyalarning elektron reyestriga belgilangan tartibda kiritilgan hamda Agentlikning rasmiy veb-sahifasida foydalanish uchun ochiq hisoblanadi.