O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “ASIA ALLIANCE BANK” ATBni kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Tartibga solish qumdoni doirasida “ASIA ALLIANCE BANK” ATB “Kapital bozori sohasida «Tartibga solish qumdoni» maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi” nizom (ro‘yxat raqami 3826, 2026 yil 29 aprel) doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalar emitenti sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.