O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
“O‘zbekiston-2030” Strategiyasida barqaror iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan biri sifatida mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirish, jumladan, qimmatli qog‘ozlar bozorini jadal rivojlantirish belgilangan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida hamda kapital bozorini keng rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan Qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyati to‘g‘risidagi nizom (keyingi o‘rinlarda – “Nizom”) tasdiqlandi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025 yil 28 fevralda 3610-son ro‘yxat raqami orqali ro‘yxatga olingan.
Nizom bilan qimmatli qog‘ozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va (yoki) joylashtirishda emitent va anderrayterning o‘zaro munosabatlari asoslari belgilanmoqda.
Nizom bilan quyidagi asosiy qoidalar belgilanadi:
Nizomga muvofiq, anderrayting faoliyati investitsiya vositachilari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun:
Emitent va anderrayter o‘rtasidagi qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish jarayonidagi o‘zaro munosabatlar ular o‘rtasida tuzilgan anderrayting xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Idoraviy mansub tashkilotlar