Menu
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

E'lonlar

Aktuariy malaka imtihonini o‘tkazish to‘g‘risida

59

Aktuariy malaka sertifikatini olish buyicha oltinchi malaka imtihoni joriy yilning 10 noyabr va natijalardan kelib chiqib keyingi bosqichi 11 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Malaka imtihonini o‘tkazish joyi – O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi binosi (Toshkent sh., Mirobod tum., Nukus ko‘chasi, 22 uy).

Imtihon sanalari:

- 2026 yil 10 noyabr kuni test sinovlari soat 10:00 da boshlanadi, 12:15 da tugatiladi;

- 2026 yil 11 noyabr kuni test sinovlari natijalariga asoslanib, yozma-og‘zaki imtihon sinovlari soat 10:00 da boshlanadi, 12:15 da tugatiladi.