Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik xodimlarining kripto-aktivlar aylanmasi sohasida malakasini oshirish bo‘yicha trening o‘tkazildi

02.11.2022
1951

2022 yil 2 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’muriy binosida Agentlik xodimlari uchun ularning kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi malakasini oshirish yuzasidan trening bo‘lib o‘tdi.

Trening doirasida xodimlarga kripto-aktivlarning asosiy texnologik tuzilmalari, mayning jarayoni, ular bilan operatsiyalarni amalga oshirish mexanizmlari, tranzaksiyalarni monitoring qilish usullari va boshqalar tushuntirildi.

Shuningdek, xodimlar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, mayning va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini tashkil etishda belgilangan asosiy talablar bilan ham tanishtirildilar. Shu jumladan, Agentlik xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.