Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Agentlik xodimlari XXII Yevroosiyo kapital bozorlari forumida ishtirok etmoqda

19.06.2026
32

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xodimlari Qozog‘iston Respublikasining Oqmo‘la viloyatida bo‘lib o‘tayotgan XXII Yevroosiyo kapital bozorlari forumida ishtirok etmoqda.

Tadbir “Cbonds Congress” kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, Qozog‘iston, MDH davlatlari hamda Yevroosiyo mintaqasi kapital bozorlari mutaxassislari uchun asosiy yillik muloqot maydonlaridan biri hisoblanadi.

Forum doirasida quyidagi mavzular muhokama qilinmoqda:

- Yevroosiyo mintaqasining iqtisodiy va investitsiya kun tartibi, iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflyatsiya va foiz stavkalari tendensiyalari;

- Qozog‘iston va mintaqaning boshqa davlatlari obligatsiyalar bozorining tuzilishi, likvidligi hamda rivojlanish istiqbollari;

- mahalliy kapital bozorlarida qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish bo‘yicha amaliy tajriba;

- kapital bozorlaridagi makroiqtisodiy prognozlar va investitsiya strategiyalari;

- tartibga solinadigan moliya bozorlarida tokenizatsiya va raqamli aktivlar;

- mas’uliyatli investitsiyalash: ESG standartlari va islomiy moliyalashtirish instrumentlari.

Shuningdek, forum dasturi doirasida Agentlik vakillari markaziy banklar, vazirliklar, fond birjalari, moliyaviy infratuzilma tashkilotlari hamda xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokidagi muhokamalarda qatnashmoqda.

Forumda ishtirok etish Yevroosiyo mintaqasi davlatlari vakillari bilan tajriba almashish, shuningdek, kapital bozorlarini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish imkonini beradi.