O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) xodimlari 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish: muammo va yechimlar” mavzusidagi anjumanda ishtirok etdilar. Anjuman Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tashkil etildi.
Mazkur tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi ayrim dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi, mavjud muammolarni yechimi bo‘yicha takliflar ilgari surilib, tavsiyalar ilmiy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.
Agentlik Sug‘urta bozori ishtirokchilari huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i B. Bekmuratov “Sug‘urta xizmatlari ko‘rsatishda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish” mavzusida ma’ruza qilib, sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilar huquqlarini ta’minlash, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish amaliyoti hamda sug‘urta bozorida shaffoflikni oshirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Idoraviy mansub tashkilotlar