logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

Agentlik vakillari “Digital Uzbekistan” PLAS-forumida ishtirok etdi

12.06.2024
1308

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy agentligi ko‘magida tashkil etilgan “Digital Uzbekistan” xalqaro PLAS-forumi ochilishida so‘zga chiqdi.

“Digital Uzbekistan” PLAS-Forumida MDH davlatlari davlat organlari, bank sektori va chakana savdo vakillarini jamladi, ular yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qilish, tajriba almashish hamda iqtisodiyot va moliyaviy texnologiyalar sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yig‘ildilar.

“Biz katta g‘urur bilan qayd etamizki, bugungi kunda O‘zbekiston kripto-aktivlar aylanmasini tartibga solish bo‘yicha nafaqat MDH davlatlari, balki butun dunyoda  yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda bu yo‘nalishda meyoriy-huquqiy va institutsional baza shakllantirilgan, — dedi Vyacheslav Pak o‘z nutqida.

O‘zbekistonda moliya sektorini, jumladan, kapital bozorini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida gapirar ekanmiz, Tartibga solish qumdoni joriy etilganligi, fond bozori ko‘rsatkichlari o‘sib borayotganligi, yashil obligatsiyalar chiqarish uchun asos yaratilganligini alohida ta’kidlash joiz.

Elektron tijoratning jadal o‘sib borayotganligini ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ko‘plab poytaxt va viloyatlar aholisi o‘z kundalik hayotini turli onlayn xizmatlar, marketpleyslar, yetkazib berish xizmatlari va taksi buyurtmalari agregatorlari, striming platformalarisiz tasavvur qila olmaydi deb o‘ylayman”.

Ikki kunlik PLAS-forum doirasida O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish, mikromoliyalashtirish, bank biznesini raqamlashtirish, IT infratuzilmasini transformatsiyalash va rivojlantirish, Markaziy Osiyo mamlakatlarida islom moliyasi va islom bankingi masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan panel sessiyalari bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirda turli mamlakatlar davlat idoralari va biznes vakillari, jami 2 mingdan ortiq qatnashchilar ishtirok etmoqda.