logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Mayning

foto

Mayning

543

Mayning - bu taqsimlangan maʼlumotlar registrini yuritish, hisoblash operatsiyalarini bajarish orqali bloklarning yaxlitligini yaratish va tasdiqlash faoliyati.

Mayning faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stantsiyasida ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi.

Mayning faoliyati Agentlik tomonidan majburiy roʼyxatga olinadi va litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanmaydi.

Mayning bilan shugʼullanuvchi shaxslar (maynerlar) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʼyxatdan oʼtishlari shart.

Maynerlarni roʼyxatga olish faqat Internet orqali elektron shaklda amalga oshiriladi.

Maynerlar oʼz faoliyatini faqat roʼyxatga olish paytida koʼrsatilgan manzil boʼyicha, yongʼin xavfsizligi va sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega.