O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ko‘magida PLUS Group tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyodagi fintex va elektron tijorat bo‘yicha eng yirik tadbir – Xalqaro PLAS-Forum Digital Uzbekistan o‘z ishini boshladi.
Digital Uzbekistan 2025 forumi 2,5 mingdan ortiq ishtirokchini – Markaziy Osiyo va YEOII bozorlaridagi asosiy ishtirokchilar, shuningdek, Yevropa, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikadagi tashkilotlar vakillarini jamladi.
Forumning strategik maqsadlaridan biri O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shimcha turtki berish, xalqaro hamkorlikni davom ettirish va yangi istiqbolli yirik loyihalarni ishlab chiqishdan iborat.
“Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va global geosiyosiy va iqtisodiy landshaftdagi tez o‘zgarishlar davrida xususiy va davlat sektorlarining muntazam uchrashuvlari mavjud tendensiyalar, muammolar, havflarni yaxshiroq tushunish hamda ularni bartaraf etish choralarini belgilash imkonini beradi.
O‘zbekistonning jahon moliya tizimiga tobora ko‘proq integratsiyalashuvi, albatta, biznes va hukumat vakillaridan bilim va salohiyatni oshirishni talab qilayotgani quvonarlidir.
Bugun oldimizda bank tizimi, kapital bozori, sug‘urta sektori va boshqa sohalarni transformatsiya qilish va zamonaviy talablarga moslashtirish vazifasi turibdi, – dedi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak o‘z nutqida.
Forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishga qaratilgan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va “PLUS Group” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etadigan PLAS Forum panel sessiyalarida raqamlilashtirish, shuningdek, davlat organlari, moliya sektori, chakana savdo, IT va telekommunikatsiya sohalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, dasturiy ta’minot va uskunalarning yetakchi yetkazib beruvchilari ishtirokida ko‘rgazma tashkil etilgan.
Idoraviy mansub tashkilotlar