O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
Aziz va muhtaram yurtdoshlar!
Barchangizni go‘zal yurtimizga o‘zgacha shukuh va tarovat baxsh etayotgan yasharish va yangilanish bayrami — Navro‘zi olam bilan samimiy muborakbod etamiz!
Qalblarimiz shodlik va quvonchga to‘lgan ayyom kunlari barchangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, fayzu baraka tilaymiz. Uyg‘onish va poklanish ayyomi har bir oila, har bir xonadonga xotirjamlik va farovonlik olib kelsin! Barcha ezgu orzu-niyatlaringiz amalga oshsin!
Navro‘zingiz qutlug‘ bo‘lsin, azizlar!
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
Idoraviy mansub tashkilotlar