logo
connect
Oʼzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi
FAQ

Yangiliklar

foto

ICHKI NAZORAT QOIDALARIGA O‘ZGARTIRISHLAR KIRITILDI

15.07.2022
1131

Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

 

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) tomonidan kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida faoliyati takomillashtirilmoqda.

Xususan, Agentlik tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro standartlarni implementatsiya qilinishi ta’minlanmoqda.

Jumladan, FATF 15 Tavsiyaning talablariga ko‘ra, jinoyatchilar yoki ularning sheriklari tomonidan virtual aktivlar xizmati provayderlarning (O‘zbekiston Respublikasida bu kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar) boshqarilishiga va ancha yoki nazorat qiluvchi ulushidan benefitsiar egalik qilishga to‘sqinlik qiluvchi normativ-huquqiy yoki tartibga solish zarur choralarni ko‘rish majburiyati belgilangan.

Mazkur cheklovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 apreldagi PF-121-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoni bilan kiritilgan.

Shu bois, Agentlik va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga (ro‘yx. raq. 3309-2-son, 13.07.2022 y.) quyidagilarni inobatga oluvchi o‘zgartirishlar tayyorlandi va kiritildi:

– kripto-aktivlar muomalasi sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi shaxslarning boshqaruvi va ustav jamg‘armasida ishtiroki bo‘yicha cheklovlar;

– amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirish.

Agentlik tomonidan kripto-aktivlarni qonunga xilof maqsadlarida foydalanishning tavakkalchiliklarini minimallashtirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.