Yopish
dark/lightmode
special-mode
NAPP

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.

Nima bilan shug‘ullanamiz arrow-right

Yangiliklar

Binance kripto-birjasidagi "P2P" platformasi haqida axborot xabari

29.01.2025
3485

O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi, Coinpay va Binance o‘rtasidagi qo‘shma loyihaning rasmiy ishga tushirilishi munosabati bilan, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish zarurligini eslatib o‘tadi.

Mamlakatimiz rezidentlari – foydalanuvchilar, Binance kripto-birjasi xizmatlaridan faqat “CoinPay” MCHJning rasmiy sahifasida ko‘rsatilgan havola (https://coinpay.uz/) orqali o‘tishlari (kirishlari), pul mablag‘larini platforma bilan integratsiya qilingan bank kartalari va milliy to‘lov tizimlari yordamida milliy valyutada kiritishlari va yechib olishlari lozim.

Xususan, Binance kripto-birjasining “P2P” platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan barcha operatsiyalar kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzish hisoblanishini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tamiz.