O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi -
kripto-aktivlar aylanmasi, kapital bozori, sug‘urta, elektron tijorat, lotereya tashkil etish va bukmekerlik faoliyati sohalarini tartibga solish, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat tashkiloti.
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Uzbek Leasing International A.O.” AJni kapital bozori sohasidagi “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi. Tartibga solish qumdoni doirasida “Uzbek Leasing International A.O.” AJ “Kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalarni chiqarish, joylashtirish, ularning muomalada bo‘lishi va so‘ndirilishi tartibi to‘g‘risidagi” nizom (ro‘yxat raqami 3826, 2026-yil 29-aprel) doirasida chet el valyutasida ifodalangan obligatsiyalar emitenti sifatida faoliyat yuritishni rejalashtirmoqda.